10918,51%-1,07
42,51% 0,06
49,56% 0,00
5760,43% 0,14
9299,63% 0,00
1-sentyabr O‘zbekistonning mustaqillik kuni muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston men uchun faqatgina men sevgan va qoyil qolgan qardosh yurt emas, balki u endi mening o‘zligimga singib ketgan bir ong, qonim va ongimga joylashgan vatan tuyg‘usidir. U endi shunchaki “Ajdodlar yurti” emas, balki mening yurtim, uyim, yuragimning maskaniga aylangan.
Sherali Jo‘rayevning “Vatan”i, Sevara Nazarxonning “Ulug‘imsan vatanim”ini eshitganimda, mening ham bag‘rim kengayadi, yuragim titraydi, badanimni titroq bosadi. Qaysi qo‘shiq “Ulug‘imsan vatanim” bilan bellasha oladi?
Tarixini, tilini, madaniyatini chin qalbimdan sevgan aziz o‘zbek xalqining meni bag‘riga bosib, o‘z farzandidek ko‘rganidan faxrlanaman. Men ham o‘zimni Sohibqiron Amir Temurning avlodi, buyuk Xon Muhammad Shayboniy izdoshi, Yusuf Xos Hojib, Al-Fargoniy, Ulug‘bek ilmi va hikmatining shogirdi deb bilaman. Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon va Mahmudxo‘ja Behbudiyning yorqin yo‘lida abadiy yurishga tayyorman.
O‘zligim bilan to‘liq qabul topgan, ertakdek his qilganim, hazil-mutoyibasini eng ko‘p yaxshi ko‘rgan xalq — o‘zbek xalqi. Bayrog‘ing bilan faxrlanaman; u hilpiragan joyda ko‘ksim faxr bilan to‘ladi, soyasida erkinman.
Milliy o‘zligimizga, tilimizga, tariximizga sodiq qolamiz. Dunyoning eng go‘zal tili bo‘lgan o‘zbek tilini asrab-avaylash — bizning eng katta sharafimiz va vazifamizdir.
Yashasin tariximiz, sha’nimiz, madaniyatimiz!
Yashasin Vatan – O‘zbekiston!
Derya Soysal